Rossiya maxsus xizmati bo‘limlaridan birida hudkush o‘zini portlatdi
Olam
−
12 dekabr 2020
12229Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Qorachoy-Cherkes Respublikasining Uchkeken qishlog‘idagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Malokarachev tumani bo‘limi binosi yonida hudkush o‘zini o‘zi portlatdi. Bir joyda jami ikkita portlash bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ertalab soat 7:30 larda FXXning Malokarachev tumani bo‘yicha bo‘limi binosi yaqinida qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Oradan taxminan besh soatcha o‘tgach, voqea joyiga avtomobil kelib to‘xtagan. Undan tushgan shaxs bo‘lim tomon yugurgan va o‘zini portlatib yuborgan.
Portlash oqibatida olti kishi jarohatlangani aytilmoqja. Ularning bir nafari oddiy fuqaro va besh nafari FXX xodimi.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, jarohatlanganlar orasida nafaqat FXX, balki politsiya xodimlari, jumladan IIVning Qorachoy-Cherkes Respublikasi bo‘yicha ekspert-kriminalistika markazi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Asker Abdurazakov ham bor.
LiveBarchasi