Rossiya koronavirusga qarshi dori eksportini boshladi
Olam
−
02 iyul 2020
31290Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va “XimRar” kompaniyalar guruhi koronavirusga qarshi ixtiro qilingan “Avifavir” dorisini eksport qilishni boshladi.
Dori vositasi iyun oyida Belarusga jo‘natilgan, yaqin vaqt oralig‘ida Qozog‘istonga yetkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari ushbu doriga qiziqish bildirgan.
“Avifavir” joriy yil 29 mayda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan va u “Favipiravir” faol ta’sir etuvchi moddalarni o‘z ichiga olgan koronavirusga qarshi dunyoda birinchi doriga aylangan.
U koronavirus infeksiyasining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha uslubiy tavsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. «Avifavir» klinik sinovlarda samarali ekanini isbotlagan va koronavirusning ko‘payish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega.
Tabletka shaklida mazkur dori vositasi nisbatan arzon va koronavirus bilan zararlanishning dastlabki bosqichlarida davolash imkonini beradi.
LiveBarchasi