Rossiya koronavirusdan o‘lim darajasini pasaytirib ko‘rsatyaptimi?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov SNN telekanali jurnalistining RFda koronavirusdan o‘lim holati pasaytirib ko‘rsatilayotgani haqidagi fikrini rad qildi.

Jurnalist Rossiyada koronavirusga chalinish holati ko‘p bo‘lgani holda, undan vafot etganlar oz ekaniga e’tibor qaratib, ma’lumotlar yashirilayotganiga ishora qilgan.

“Yo‘q, men bu fikrga qo‘shilmayman. Siz Rossiya sog‘liqni saqlash tizimi samaraliroq ekani, u odamlar hayotini saqlab qolish imkonini berishi haqida o‘ylab ko‘rmaganmisiz?”, deya javob qaytardi Peskov.

Peskov Rossiya imkon qadar ko‘p test o‘tkazishga harakat qilayotganiga urg‘u berdi.

“Bizning mamlakatda koronavirusga ko‘p test o‘tkazilyapti. Test qancha ko‘p o‘tkazilsa, shuncha ko‘p holatlar (kasallanish) aniqlanadi”, deydi Peskov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada kecha, 9 iyun holatiga 485 253 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 242 397 nafari sog‘aygan va 6 142 nafari vafot etgan. Bugungacha Rossiyada koronavirusga o‘tkazilgan testlar 13,5 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing