Rossiya Xarkovga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Rossiya qo‘shinlarining kecha, 11 oktyabr kuni Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkov viloyatining Pisochin aholi punktiga raketa zarbasi berishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hujum 11 oktyabr kuni soat 19:25 atrofida sodir bo‘lgan. Raketa ko‘p qavatli turarjoy binolari va oziq-ovqat do‘konlari yaqinidagi aholi gavjum hududga borib tushgan. Oqibatda yong‘in chiqqan, keyinchalik u o‘chirilgan.

Avvalroq, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani va 9 kishi jarohatlangani xabar qilingan. Keyinchalik jarohatlanganlar soni 22 nafarga yetgani ma’lum bo‘lgan.

Hujum oqibatida 16 yoshli o‘smir, 19 va 51 yoshli ayollar halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida 13 yoshli qiz ham bor. U kuchli ruhiy stressni boshdan kechirgan. Sakkiz yoshli qiz esa portlash oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyat prokuraturasi mazkur hujum yuzasidan urush qonunlari va odatlarini buzish moddasi bilan sudgacha tergov boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukraina janubi-sharqidagi Zaporoje shahriga beshta boshqariladigan aviabomba tashlagandi. Oqibatda 12 kishi, jumladan, 3 nafar bola halok bo‘lib, yana 14 kishi yaralangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing