Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 500 dan ortiq o‘zbekistonlik Vatanga qaytariladi

Olam

image

Rossiyaning Orenburg va Samara viloyatlarida, Qozog‘iston bilan chegara yaqinida to‘planib qolgan 3,5 mingdan ortiq Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarni Vatanga jo‘natish boshlanadi. Bu haqda RIA Novosti Orenburg hukumati vakiliga tayanib xabar berdi.

Viloyat hokimiyatidagilarning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegara hududida Orenburgdagi Buzulukda va Samarada 3 ming nafar Qirg‘iziston va 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi to‘plangan.

“Buzuluk tumani va Samara viloyatida hududidagi Qirg‘iziston fuqarolari bugun hamda ertaga Qozog‘iston chegarasi orqali vataniga yuboriladi. Qirg‘izistonga jo‘natiladigan fuqarolarning umumiy soni 3 mingga yaqin. Shuningdek, 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi uyga qaytish imkoniyatini kutib turibdi. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular 6 avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin. Ular o‘z vataniga temir yo‘l transporti orqali jo‘nab ketadi”, deyiladi xabarda.

Orenburg viloyati hokimiyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, viloyat birinchi marta kutish joyiga aylanmayapti. Migrantlar ham kutishdan charchagan. Qayd etilishicha, migrantlar lagerida yoshi katta, homilador ayollar va bolalar ko‘p.

Avvalroq, Samara viloyatida migrantlar ishtirokida mojaro yuz bergani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

migrant chegara

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing