Rossiya Qirg‘izistonning 47 ming fuqarosi uchun mamlakatga kirish taqiqini bekor qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Qirg‘izistonning 47 ming fuqarosi uchun mamlakatga kirish cheklovini bekor qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining bugun, 2 iyul kuni tarqatgan xabarida so‘z borgan.  

“Rossiya hududida mayda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan Qirg‘izistonning 47 mingga yaqin fuqarosining Rossiyaga kirishiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi”, deyiladi xabarda.  

Ularning barchasiga avvalroq Rossiya hududida sodir etilgan turli huquqbuzarliklar uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqlangan edi. 

Bu Rossiya tomoni bilan olib borilgan ishlar, jumladan, 2022 yil may oyida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida bo‘lishining qonuniyligini ta’minlash va huquqiy maqomi bo‘yicha oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mumkin bo‘ldi. 

Qirg‘izistonning 35 mingga yaqin fuqarosi Rossiya qora ro‘yxatida qolmoqda, ular orasida “Rossiya sudlari qarori asosida Rossiyadan chiqarib yuborilganlar” ham bor. 

“Qirg‘iziston fuqarolari Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytidagi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishiga ruxsat bermaslik uchun asoslar mavjudligini tekshirish” xizmatida o‘z maqomini tekshirishlari mumkin”, deya eslatdi Qirg‘iziston TIV.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing