Rossiya Istanbulda odam o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Turkiyaga topshirdi

Olam

image

Rossiya rasmiy Anqara so‘roviga ko‘ra qotillik sodir etishda ayblanib, qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosini Turkiyaga topshirdi. Bu haqda RF Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2016 yil aprelda aq,lanuvchi sheriklari bilan til biriktirib, qasddan qotillik sodir etgan va qidiruvga berilgan.

“Rossiya Federatsiyasi hududida uning joylashgan joyi aniqlanganligi munosabati bilan Turkiya Respublikasi Bosh prokuraturasi ayblanuvchini ekstraditsiya qilish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga so‘rov yubordi. So‘rov qondirildi”, deyiladi mahkama xabarida.

Ammo koronavirus infeksiyasi sabab yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyatda ayblanuvchini topshirish qiyinlashgan.

Ayblanuvchi Turkiya kuchishlatar tuzilmalari xodimlari hamrohligida va barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, Turkiyaga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik o'zbekistonlik

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing