Rossiya iqtisodini qanday tiklamoqchi? Mishustin rejalarni ochiqladi

Olam

image

Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasidan zarar ko‘rgan Rossiya o‘z iqtisodiyotini uch bosqichda qayta tiklaydi. Bu borada milliy reja ishlab chiqilgan bo‘lib, u ikki yil ichida amalga oshiriladi. Ushbu rejaga 5 trillion rubl ajratilgan. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Mishustin ta’kidlaganidek, iqtisodiy tiklanishning birinchi bosqichi joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar davom etadi. Bunda asosiy vazifa - vaziyatni barqarorlashtirish va fuqarolarning daromadlari tushishining oldini olishdan iborat bo‘ladi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, ikkinchi bosqichda iqtisodiy tiklanishni tugatish, mamlakatda ishsizlikni qisqartirish va fuqarolar daromadlarini inqirozdan oldingi darajaga olib chiqish rejalashtirmoqda. U ushbu bosqich 2021 yilning ikkinchi choragiga qadar davom etishini qo‘shimcha qildi.

Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning uchinchi va to‘rtinchi choragiga ko‘ra, Rossiyani "uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida" olib borish, qashshoqlikni kamaytirish, daromadlari yashash darajasidan yuqori bo‘lgan ruslar sonini ko‘paytirish hamda kichik va o‘rta korxonalarda bandlik darajasini inqirozgacha bo‘lgan darajaga qaytarish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

150

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing