Rossiya Germaniya Ukrainada xavfli tadqiqotlar o‘tkazganini iddao qildi

Olam

image

Germaniya AQSH bilan birga Ukrainada uzoq yillar davomida intensiv harbiy-biologik faoliyat olib borgan. Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova shunday bayonot bilan chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, Berlinning Rossiyani Ukrainada biologik va kimyoviy qurollardan foydalanish rejalari haqida YeIning boshqa davlatlariga nisbatan ko‘proq gapirishi ham shu bilan bog‘liq.

“Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, nemis tomoni Ukrainada kamida 30 ta biologik laboratoriya tarmog‘ini yaratgan amerikalik ittifoqchilari bilan biologik xavfsizlik sohasidagi ishlarini yaqindan muvofiqlashtirgan. Bu haqda Zaxarova RT telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochgan.

U Berlinni zudlik bilan Rossiya Ukrainadagi urushda kimyoviy quroldan foydalanishga tayyorlanayotgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishni to‘xtatishga chaqirgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov Ukraina biologik laboratoriyalari xodimlaridan olingan hujjatlar Kiyevning halokatli moddalarni purkashga qodir uchuvchisiz uchoqlardan foydalanish rejalaridan dalolat berishini aytgan edi.

Moskva AQSHni Xarkov mahalliy aholisida turli biopreparatlarni sinab ko‘rganini ham da’vo qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing