Ko‘proq qaysi davlat fuqarolari Rossiyaga bosh olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2022 yilning birinchi choragida Ukraina va Tojikiston fuqarolari Rossiya fuqaroligini boshqalarga qaraganda ko‘proq olgan. Bu haqda Rossiya IIV matbuot markazi TASSga ma’lum qilgan.  

“Rossiya fuqaroligi sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari uchun eng jozibador bo‘lib qolmoqda, 2022 yilning birinchi choragida Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olganlarning umumiy sonidagi ulushi 97,2 foiz yoki 137,7 ming kishini tashkil etdi. Shundan 39,6 foizi Ukraina, 23,9 foizi Tojikiston Respublikasi, 8 foizi Qozog‘iston Respublikasi, 7,9 foizi Armaniston Respublikasi, 4,7 foizi O‘zbekiston Respublikasi, 4,5 foizi Ozarbayjon Respublikasi, 3,6 foizi Qirg‘iziston Respublikasi, 3,1 foizi Belarus Respublikasi, 3 foizi Moldova Respublikasi fuqarolari”, deyilgan xabarda. 

Umuman olganda, 2022 yilning birinchi choragida 141,5 mingga yaqin chet el fuqarosi Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga kam. 

“Yil boshida Rossiya fuqaroligini olish uchun potensial da’vogarlar bo‘lgan chet el fuqarolari faolligining pasayishi, qoida tariqasida, mavsumiy omil bilan bog‘liq va ko‘rib chiqilayotgan faoliyat sohasidagi mavjud vaziyatni ob’ektiv aks ettirmaydi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing