Rossiya, Eron va Turkiya Suriyadagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 7 dekabr Turkiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari bilan Dohadagi uchrashuvda Suriyadagi janglarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligi haqida kelishib oldi. Bu haqda “Mingnews” xabar berdi.


“Moskva Suriya hukumati va Suriyadagi jangarilar o‘rtasida iliq muloqot bo‘lishini xohlaydi”, degan vazir.

Uning aytishicha, “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi a’zolari “buzg‘unchilik va terrorchilik” qilmoqda.

“Terrorchi guruhlarning Suriya yerlarini nazorat qilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, degan Lavrov.

“Suriyadagi vaziyat qanday rivojlanadi va u yerdagi Rossiya harbiy bazalari bilan nima bo‘ladi?” degan savolga Lavrov “taxmin qilmoqchi emasman”, deb javob bergan.

Lavrov, shuningdek, agar Falastin davlati tuzilmasa, Yaqin Sharqda ekstremizm kuchayishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 dekabr kuni Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Doha forumi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib borgandi. Ma’lum qilinishicha, ular forumning asosiy mavzularini, jumladan, Suriya va Falastindagi vaziyatni muhokama qilgan. Qolaversa, vazirlar Rossiya va Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni ham muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing