Rossiya dumasi dunyoni G‘azodagi qirg‘inni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya davlat dumasi Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va butun dunyo mamlakatlari parlamentlariga murojaat yo‘lladi.

“Rossiya Federatsiyasi davlat dumasi deputatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va dunyo parlamentlariga murojaat qilib, Isroil-Falastin o‘rtasidagi qon to‘kilishini va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga hamda Yaqin Sharqda misli ko‘rilmagan gumanitar falokatning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi”, deyiladi murojaatda.

Deputatlarning bildirishicha, 17 oktyabrda G‘azodagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirilgani, oqibatda "yuzlab begunoh tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarning halok bo‘lgan"i fojia ko‘lamini yanada kengaytirgan.

"Asossiz shafqatsizlik va nomutanosib kuch ishlatish bir necha ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Siyosiy muammolarni qurolli yo‘l bilan hal qilishning vahshiyona usullari butun dunyo bo‘ylab minglab antisemitizm va islomofobik noroziliklarga sabab bo‘ldi", deyiladi hujjatda.

Davlat dumasi, shuningdek, mojaro ishtirokchilari tomonidan xalqaro gumanitar huquqning har qanday buzilishini keskin qoralashini ma’lum qilgan. Gap, xususan, xalqaro shartnomalar bilan taqiqlangan o‘q-dorilardan foydalanish, yoppasiga portlatishlar, fuqarolik infratuzilmasiga, birinchi navbatda, tibbiyot muassasalariga, energetika va suv ta’minoti ob’ektlariga hujumlar, tinch aholini majburan ko‘chirish haqida bormoqda.

Murojaatda urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etgan aybdorlar javobgarlikka tortilishi va ularga eng og‘ir jazo tayinlanishi lozimligi aytilgan. Bundan tashqari, deputatlar Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi kollektiv G‘arbning siyosatini axloqsiz va uzoq vaqt davomida urush olovini alangalatuvchi, deb baholagan.

"Davlat dumasi deputatlari dunyo mamlakatlari parlamentariylarini mojaro hududida harbiy harakatlarni to‘xtatish, gumanitar yo‘laklarni tashkil etish, qurbonlar va ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi. Biz sa’y-harakatlarimizni birlashtirish orqali Yaqin Sharqda chiqajak yangi urushni to‘xtatamiz va muzokaralar stoliga qaytamiz”, deyiladi hujjatda.

Avvalroq, BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Isroil G‘azodagi Al-Ahli shifoxonasiga uyushtirilgan hujumga aloqasi yo‘qligini isbotlamoqchiligi ma’lum qilingan edi.


Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabr kuni BMTning inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishida AQSH elchisi Mishel Teylor nutq so‘zladi va u gapirayotganda majlis bo‘layotgan zaldagi o‘nlab kishilar AQSHdan norozilik ramzi sifatida orqaga qarab turdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin Isroil Rossiya dumasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing