Rossiya deyarli Belarusni yutib yubordi, Qozog‘iston va Boltiqbo‘yi davlatlariga tahdid solmoqda – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi. U nutqi davomida Rossiya Qozog‘istonga tahdid qilayotganini bildirdi. Bu haqda “Ulys Media” xabar berdi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadro quroliga egalik qilish huquqiga ega emas. Uning eslatishicha, Ukraina SSSR parchalanganidan keyin o‘z yadro arsenalini Rossiyaga topshirgan davlatlar qatoriga kiradi.

“Ukraina uchinchi yirik yadro arsenalidan voz kechdi. Keyin dunyo Rossiya bunday kuchning qo‘riqchisi bo‘lishi kerak degan qarorga keldi. Ammo keyingi tarix shuni ko‘rsatdiki, o‘sha paytda, 1990 yillarda yadroviy qurolsizlanishga aynan Rossiya eng munosib bo‘lgan. Rossiya hozir ham qurolsizlanishga loyiq: terrorchilar yadro quroliga egalik qilish huquqiga ega emas”, deydi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya har o‘n yilda yangi urush boshlaydi va bunga misol tariqasida Moldova, Gruziya va Suriyani keltirgan. 

“Rossiya deyarli Belarusni yutib yubordi va Qozog‘iston va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga tahdid solmoqda. Men sahna ortida qandaydir soya bitimlar tuzishga urinishlardan xabardorman. Yomonlikka ishonib bo‘lmaydi. Prigojindan so‘rang, Putinning va’dalariga ishonib bo‘ladimi? Iltimos, meni eshiting. Hammasi ochiq hal qilinsin”, deydi Zelenskiy.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Vladimir Zelenskiy Belarus' Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing