Rossiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
06 Sentabr
7260Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hozir juda muhim voqea – Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Vladimirovich Mishustinning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi va hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi. Biz hozir ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, deydi Malginov.
Elchining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va O‘zbekistonning alohida tarmoqlari, vazirliklari, idoralari rahbarlari o‘rtasida doimiy o‘zaro aloqalar mavjud va tashriflar almashinuvi juda qizg‘in.
U Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning may oyi oxiridagi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari 20 dan ortiq muhim hujjatlar imzolanganini, ular o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochgani va tomonlar kelishilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi maqsadlarni belgilab berganini qayd etdi.
“Ayrim sohalar, vazirliklar, idoralar rahbarlari o‘rtasida doimiy aloqalar mavjud va Prezidentlarimiz tez-tez muloqotda bo‘lib turibdi”, deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aloqalar ko‘p tomonlama tadbirlar orqali, MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi doirasida, shuningdek, ehtimol, BRICS’ga a’zo davlatlar rahbarlarining Rossiya Federatsiyasidagi uchrashuvi chog‘ida va boshqa kanallar orqali rejalashtirilgan. Elchi Rossiya va O‘zbekiston yetakchilari o‘rtasida juda faol telefon aloqasi borligini ham ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentyabr oyida Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi