Rossiya Boltiqbo‘yidagi harbiy bazalarini kengaytirmoqda – OAV

Olam

−

image

Rossiyaning Boltiqbo‘yi mintaqasidagi harbiy inshootlari avvalgi holatidan kattalashgan. Buni Finlyandiya o‘zining “Iceye” aerokosmik kompaniyasining sun’iy yo‘ldoshlari harbiy infratuzilmaning kengayishini suratga olishi orqali aniqlagan. Bu haqda FAZ gazetasi xabar bergan. https://www.faz.net/aktuell/

Xabarga ko‘ra, Kaliningrad viloyati yaqinida ulkan radar stansiyasi qurilmoqda va u 500 metrdan uzun uchta qator antennalarga ega. Radar qurilmasi 3000 kilometrgacha masofada samolyotlar va raketalarni aniqlay oladi, deb taxmin qilinmoqda. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya uning qamrov zonasiga kiradi.

“Iceye” sun’iy yo‘ldoshning tasvirlari Kaliningrad viloyati umumiy strategik qal’aga aylanayotganini ko‘rsatgan. Viloyatning raketaga qarshi mudofaa, havo kuchlari va Boltiqbo‘yi floti mustahkamlanmoqda. Ayni paytda u yerda yigirmadan ortiq harbiy ob’ektlar mavjud va yangilari qo‘shilmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Boltiqbo‘yi mintaqasida harbiy samolyotlar uchun yangi kazarmalar, o‘q-dorilar omborlari va himoya angarlarini qurmoqda.

“Umumiy hisobda, ular Rossiyaga mintaqa bo‘ylab keng ko‘lamli kuzatuv imkoniyatlarini taqdim etadi. Sun’iy yo‘ldosh aloqasini ushlab olishdan tortib, samolyotlar va ballistik raketalarning harakatini aniqlashgacha”, deyiladi sun’iy yo‘ldosh hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya Qurolli kuchlari xavfsizlik sohasidagi vaziyatning yomonlashuvi fonida taxminan 100 million yevro miqdorida bir million dona piyodalarga qarshi mina xarid qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Jo‘rayev Shahriyor


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing