Rossiya BMTni ko‘chirish haqida gapirdi
Olam
−
10 Sentabr 2019
8747Rossiya tomoni Vashington olib borilayotgan viza urushi munosabati bilan muhim xalqaro muzokaralar uchun BMT shtab-kvartirasini AQSHdan boshqa joyga ko‘chirish taklifini ilgari surishi mumkin, deya xabar bermoqda RT.
Bu haqda Rossiya Prezidentining axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Andrey Krutskix BMTda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni muzokaralar olib boruvchi guruhlar tarkibini tekshiradi va BMT viza urushini uzaytiradi.
"Agar bu amaliyot davom etadigan bo‘lsa, unda Rossiya, boshqa hamfikr davlatlar kabi, hech bo‘lmaganda barcha muhim xalqaro muzokaralarni, jumladan, ochiq guruh va hukumat ekspertlari guruhini AQSHdan tashqarida o‘tkazish mumkin", dedi Krutskiy.
Oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, liberal dunyo tartibot vakillari BMTni yopish istagini bildirgan va tashkilotning Xavfsizlik Kengashini murosaga chaqirgan.
LiveBarchasi