Rossiya birovning o‘yinini o‘ynamoqchi emas

Olam

image

Rossiya Hukumati rus o‘yin konsollarini yaratish uchun pudratchilarni qidirmoqda. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.

Mutaxassislarning e’tirof etishicha, xuddi shunday qurilmalar mamlakatda ham yaratilishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqish ko‘p yillar talab qiladi. Shu bilan birga, mahalliy konsollar Sony, Microsoft yoki Nintendo mahsulotlari bilan raqobatlashishi dargumon. Sababi milliy ishlab chiqarish asosan "rusparastlik"ni targ‘ib qilishga yo‘naltiriladi.

"Ekspertlarning fikricha, bu uzoq vaqt talab qiladigan, qimmat loyiha bo‘ladi. Maqsad foydalanuvchilar ongiga "vatanparvarlik"ni singdirishdir", deyiladi xabarda.

Mart oyining oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hukumatga Rossiyada statsionar va ko‘chma o‘yin qurilmalarini ishlab chiqarishni topshirdi. Bosh vazir Mixail Mishustin 2024 yil 15 iyun kuni topshiriq bo‘yicha hisobotni taqdim etishi kerak.

Putin "pristavka"lardan tashqari “foydalanuvchilarga o‘yinlar va dasturlarni yetkazib berish uchun operatsion tizim va bulutli tizim” yaratishni taklif qilmoqda. 

"Kommersant’" nashrining yozishicha, Rossiya o‘yin konsolini ishlab chiqish VK korporatsiyasiga ishonib topshirilishi mumkin. Kompaniya Rossiyada o‘yin sektorini faol rivojlantirmoqda – masalan, bir yil oldin u o‘zining o‘yin dvigateliga milliard rubl sarmoya kiritishini ma’lum qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishga kelsak, u Fplus yoki GS Group  tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing