Rossiya bir sutkada Ukrainaning 25 ta dronini yo‘q qildi

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlarining havo mudofaa tizimlari bir kunda sakkizta HIMARS snaryadlarini tutib oldi, 25 ta dronni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

"Kun davomida havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimining sakkizta raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, (tan olinmagan) Lugansk Xalq Respublikasining Kremennaya, Rubijnoye, Zolotaryovka, (tan olinmagan) Donetsk Xalq Respublikasining Trudovskoye, Gorlovka, Zaporoje viloyatining Chapayevka va Ocheretovatoye aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 25 ta uchuvchisiz samolyotlari yo‘q qilindi", degan u.

Shuningdek, Konashenkov Rossiya qiruvchi samolyoti Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolyotini urib tushirganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgustida Ukraina Qrimga dron uchirgan, shulardan ikkitasi Sevastopol shahri yaqinida navbatchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa, yana 9 tasi nishonga yetib bormay, Qora dengizga qulagandi16910 va 11 avgust kunlari esa Rossiya poytaxti Moskvaga dron hujumi uyushtirilgandi. Bunga javoban 2 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga, 8 avgustda Pokrovskka, 9 avgustda Zaporoje shahriga va 11 avgustda Kiyev viloyatiga havo hujumi uyushtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing