Rossiya bir qator mavzularda AQSH bilan muloqotni chuqurlashtirishni xohlaydi – Antonov
Olam
−
05 mart 2021
3320Rossiya AQSH bilan Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Suriya va Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma Harakat Rejasi kabi bir qator mintaqaviy mavzularda muloqotni chuqurlashtirishga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov gapirgan.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni shuningdek, "Yaqin Sharqdagi vaziyat, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadagi muammolar to‘g‘risida" AQSH bilan muloqotni chuqurlashtirishni xohlaydi.
Diplomatga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtirish Moskva va Vashington manfaatlariga mos keladi.
Antonov, shuningdek, Rossiya va AQSH Tashqi ishlar vazirlari va Mudofaa vazirlarining qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risida "o‘ylash" kerakligini aytgan.
LiveBarchasi