Rossiya “Belgorod”, “Bryansk” va “Kursk” qo‘shin guruhlarini tashkil qildi
Olam
−
21 avgust
7872Rossiya “Belgorod”, “Bryansk” va “Kursk” qo‘shin guruhlari tashkil etilganini e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov kecha, 20 avgust kuni Chegara hududlarining harbiy xavfsizligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruhlar qo‘mondonlari va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili fuqarolar va hududlarni uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqa hujum vositalarining hujumlaridan himoya qilish uchun javobgar bo‘ladi. Bu guruhlarga kim rahbarlik qilishi aytilmagan.
Yangi guruhlar ishiga Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov rahbarlik qiladi. Yangi guruhlar “chegarani qoplaydigan guruhlar” yoki “qo‘shin guruhlari” deb nomlangan.
Bungacha Ukrainaga bostirib kirishda ishtirok etayotgan Birlashgan kuchlar guruhi 6 ta guruhni o‘z ichiga olgan: “Markaz”, “G‘arbiy”, “Janubiy”, “Sharq”, “Dnepr” va “Shimol”.
Bugungi kunga qadar tuzilgan oxirgi guruh “Shimol” guruhi edi. Bu haqda birinchi marta Rossiya Mudofaa vazirligining 2024 yil 14 apreldagi hisobotida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kurskka qilingan hujumlar oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. Shuningdek, Rossiya Ukrainaning Nyu-York qishlog‘ini egallab olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi