Rossiya Belarusni sanksiyalardan himoya qilishga va’da berdi

Olam

image
0:00
0:00
download
Uchinchi kun Sochida qolayotgan Lukashenko Putin bilan nimalarni sirlashdi?  north_east

Uchinchi kun Sochida qolayotgan Lukashenko Putin bilan nimalarni sirlashdi? 

Agar Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llaniladigan bo‘lsa, Rossiya yordam qo‘lini cho‘zadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy aytib o‘tdi.

“Biz sherigimiz Belarusni [sanksiyalarning salbiy oqibatlaridan] himoya qilamiz, ittifoqchilarimizga yordam beramiz”, deya va’da berdi u.

Birichevskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ryanair samolyotining majburiy qo‘nishi bilan sodir bo‘lgan voqeada Minskni aybdor deb “g‘arbliklar ko‘rmoqda”. Diplomat avval tekshiruv o‘tkazishni, so‘ngra sodir bo‘lgan voqeaga munosabat bildirishni talab qildi. Moskvaning yondashuvi go‘yoki “impulsiv choralar ko‘rmaslik”dan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus'

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing