Rossiya Belarusni himoya qilish uchun yadroviy quroldan foydalanishi mumkin – Putin

Olam

image

Rossiya va Belarus o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari mavjud barcha kuchlardan, jumladan, Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskka tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma bugun, 6 dekabr kuni mamlakatlar rahbarlari tomonidan imzolanadi. Rossiya Prezidenti mazkur hujjat ikkala mamlakat xavfsizligini “ishonchli tarzda” himoya qilishini ta’kidladi.

Ushbu shartnoma mudofaa, suverenitet, mustaqillik va konstitutsion tuzumni, shuningdek, Ittifoq davlati hududiy yaxlitligi va tashqi chegaralarini himoya qilish bo‘yicha ittifoqchilik majburiyatlarini belgilaydi.

“Bunda mavjud barcha kuch va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Gap Rossiya taktik yadro quroli haqida ham bormoqda. Bu qurol Belarus “prezidenti” Aleksandr Lukashenko taklifiga binoan respublika hududida joylashtirilgan. Bu Rossiya Federatsiyasining “Yadroviy tiyib turish”ga doir davlat siyosatining asoslarida aniq ko‘rsatilgan”, dedi Putin.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti bugun, 6 dekabr kuni Minskka Ittifoq davlati Oliy davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish va Lukashenko bilan uchrashish uchun borgan. Ushbu tadbir 1999 yilda imzolangan “Ittifoq davlati to‘g‘risida”gi shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlangan. Mazkur shartnoma yagona iqtisodiy, tashqi siyosat, byudjet va soliq makoni, shuningdek, energetika, transport va bojxona tizimlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Yig‘ilish kun tartibidagi mavzular orasida Rossiya va Belarus umumiy mudofaa hududini mustahkamlash va ittifoqni rivojlantirish masalalari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko NATO mamlakatlari Belarusga hujum qilishga qaror qilsa, Minsk Rossiya bilan tuzilgan shartnoma asosida mamlakatda joylashtirilgan yadro qurolidan foydalanishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing