Rossiya aldayaptimi? AQSH Ukraina chegarasida rus qo‘shinlari ko‘payganini iddao qildi

Olam

image

Rossiya Ukraina bilan chegaradagi harbiy mavjudligini 7 ming kishiga oshirgan. Bu haqda Amerika rahbariyati ma’lum qilmoqda. 

“Kecha Rossiya rasmiylari Ukraina bilan chegaradan qo‘shinlarini olib chiqib ketayotganini e’lon qildi. Bu bayonot bu yerda (AQSHda) ham, dunyoda ham katta e’tiborni tortdi. Biroq, endi bu yolg‘on ekanini bilamiz. Oxirgi bir necha kun ichida Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegaradagi harbiy mavjudligini 7000 askarga oshirdi. So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi ham diplomatiyada ishtirok etishga tayyorligini e’lon qildi, ammo biz ko‘rib turgan barcha belgilar ular faqat ommaviy ravishda gaplashishni va deeskalatsiyani e’lon qilishni, shaxsiy ravishda esa urushga safarbar qilishni niyat qilishlarini ko‘rsatmoqda”, degan Vashington ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi. 

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Rossiya “istalgan vaqtda Ukrainaga bostirib kirishni oqlash uchun yolg‘on bahonadan foydalanishi” mumkinligi haqida “dalil olishda davom etmoqda”. 

“Ushbu yolg‘on bahona turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Donbassdagi provokatsiya, NATO faoliyati haqidagi da’volar. So‘nggi bir necha kun ichida biz Rossiya Federatsiyasidan yolg‘on bayonotlar soni ko‘payganini ko‘rdik. Yaqin kunlarda biz Rossiya davlat matbuotidan ko‘proq yolg‘on xabarlarni kutishimiz kerak. Biz bu strategiyani avvalroq ularning Ukraina va Gruziyaga bostirib kirishida ham ko‘rganmiz. Biz yolg‘on da’vo qanday shaklda bo‘lishini bilmaymiz, lekin dunyo tayyor deb umid qilamiz”, degan ma’muriyat rasmiysi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yaqin kelajakda “Rossiya Ukrainaga yangi hujum uyushtirishga qaror qilsa, tez va qat’iy javob berishga tayyor bo‘lgan holda” diplomatiya yo‘lidan borishda davom etish niyatida. 

“Rossiya diplomatik yo‘l bilan yechim topmoqchi ekanini aytishda davom etmoqda, biroq uning harakatlari buning aksini ko‘rsatmoqda”, degan rasmiy. 

Shu bilan birga, u Rossiya rasmiylari “yo‘nalishni o‘zgartirib”, “halokatli urush” boshlamasligiga umid bildirgan. 

Avvalroq, Rossiya g‘arbidagi qurolli kuchlar konfiguratsiyasi uch-to‘rt hafta ichida normal holatga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing