Rossiya Amerikadagi universitetlardan birini nomaqbul tashkilot deb topdi
Olam
−
08 iyul 5886 2 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi Yale universiteti (AQSH) xorijiy tashkilotining faoliyatini Rossiya mamlakat hududida nomaqbul deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorda universitet faoliyati Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzish, davlatning xalqaro blokadasi va uning iqtisodiy asoslariga putur yetkazish, shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgani qayda etilgan.
“Universitetda Xalqaro munosabatlar maktabi joylashgan bo‘lib, u stipendiya dasturi bo‘yicha talabalarni “global liderlik” uchun tayyorlaydi, lekin aslida xorijiy mamlakatlarning muxolifat liderlarini tayyorlaydi”, deyilgan xabarda.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, dasturning rossiyalik bitiruvchilari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi” ekstremistik tashkiloti rahbarlari va faollari ham bor, ular maktabda olgan bilim hamda texnologiyalaridan Rossiyada norozilik faolligini kuchaytirish uchun foydalanganlar.
“Internetda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Rossiyaning iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada cheklashi mumkin bo‘lgan yangi, samaraliroq sanksiyalarni joriy etish chaqiriqlari tarqalmoqda”, deya ta’kidlaydi tashkilot.
Ta’kidlanishicha, universitet G‘arb davlatlari tomonidan noqonuniy ravishda ushlab turilgan Rossiya aktivlarini keyinchalik Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirish uchun foydalanish maqsadida olib qo‘yishning qonuniy asoslari ustida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Garvard universiteti AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining universitetga xalqaro talabalarni qabul qilish vakolatini bekor qilish qarori yuzasidan sudga murojaat qilgandi.
Live
Barchasi