Xorijlik talabalarning Garvardda o‘qishi taqiqlandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi. Bu haqda kecha, 22 may kuni “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Garvardni “zo‘ravonlik va antisemitizmni rag‘batlantirish” va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik qilishda ayblab, oliygoh sertifikatini darhol bekor qilishni buyurdi. Endi nufuzli Amerika IVY League tarkibiga kiruvchi universitet xorijliklarga AQSHga talabalik vizalarini olish uchun zarur hujjatlarni bera olmaydi. Garvardda o‘qigan xalqaro talabalar boshqa universitetga o‘tishlari yoki mamlakatda qolish huquqidan mahrum bo‘lishlari kerak.

Garvard universiteti ma’murlari Tramp ma’muriyatining harakatlarini noqonuniy va qasoskor, shuningdek, universitetning akademik va tadqiqot missiyasiga putur yetkazish, deb atadi.

Hozirda Garvardda 140 mamlakatdan 7000 ga yaqin xalqaro talabalar bor, bu uning umumiy talabalar jamoasining chorak qismidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.

Garvard AQSH hukumati talablarini rad etadi

Garvard universitetiga 2,2 milliard dollar federal grantlar aprel oyi o‘rtalarida muzlatib qo‘yildi. Ularni muzlatmaslik uchun universitetdan “Amerika qadriyatlari va institutlariga dushman” xorijliklarni o‘qitishni rad etish tizimini ishlab chiqish va antisemitizm va nafrat nutqining boshqa shakllari bo‘yicha mavjud dasturlarni tashqi ekspertlar bilan tekshirish kerak edi.

Universitet rahbariyati bu talablarni bajarishdan bosh tortdi va AQSH ma’muriyati ustidan sudga murojaat qilib, moliyalashtirishni tiklashni talab qildi. Aprel oyi oxirida Garvard universiteti ikkita hisobot e’lon qildi: biri kampusdagi antisemitizm va Isroilga qarshi kayfiyat haqida, ikkinchisi esa islomga qarshi.

Ikkala hisobot mualliflari kampus madaniyati va universitetning vaziyatga munosabatini tanqid qiladi. Shu bilan birga, ular universitetdagi zarur islohotlarni “tashqi kuchlar” bosimi ostida emas, balki “ichki jarayonlarga tayangan holda va Garvard hamjamiyatining keng qo‘llab-quvvatlashi bilan” amalga oshirish kerak, degan fikrni bildirishmoqda.

Shundan so‘ng Garvard universiteti prezidenti Alan Garber universitet talabalar va xodimlarning umidlarini qondira olmagani uchun uzr so‘radi. Shuningdek, u Isroilga qarshi antisemitizm va tarafkashlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

O‘nlab universitetlar bosim ostida qolishi mumkin

“Garvard universiteti Tramp ma’muriyatining yagona maqsadi emas; Amerika hukumati yana 60 ta universitetni “chap-liberal” mafkurani targ‘ib qilishda ayblamoqda”, deb xabar beradi  ARD Tagesschau axborot dasturi veb-sayti.

Unga ko‘ra, AQSH rasmiylari ushbu universitetlarga ham xuddi shunday cheklovlar qo‘yishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Garvard xorijlik talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing