Rossiya AQSHni Donbassdagi provokatsion harakatlari oqibatidan ogohlantirdi
Olam
−
06 aprel 2021
7605Ukraina sharqida Kiyevning AQSH boshchiligidagi g‘arbiy homiylari tomonidan provokatsion va qat’iyatli chiziq mavjud. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
Ryabkovga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonni ushbu provokatsion harakatlari oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirdi.
Shuningdek, Ryabkov Rossiya Federatsiyasi va AQSH vakillari Ukrainaning janubi-sharqidagi vaziyatni muhokama qilganini hamda Moskva va Vashington o‘rtasida Donbassdagi vaziyat bo‘yicha aloqa o‘rnatilganini ta’kidlagan.
"Biz Donbassdagi vaziyat bo‘yicha AQSH ma’muriyati bilan aloqalar o‘rnatdik. Amerika tomoniga nima bo‘layotganini to‘liq tushuntirdik", degan u.
"Vashington ushbu muvofiqlashtirilgan siyosatning oqibatlaridan xavotirda bo‘lishi kerak. Men endi bu mavzuga qaytish uchun sabab ko‘rmayapman", deb ta’kidlagan Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
Kecha, 5 aprel kuni AQSH Davlat departamenti vakili Vashington Ukraina sharqidagi vaziyat bo‘yicha Moskva bilan aloqada bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, AQSH Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarada, shuningdek, Qrimda harakatlanishi haqidagi xabarlarni "ishonchli" deb hisoblaydi.
AQSH Tashqi siyosat departamenti vakili, shuningdek, Rossiyani "vaziyatning keskinlashishiga olib keladigan harakatlardan tiyilishga" chaqirgan.
Ma’lumot uchun, Donbassdagi harbiy mojaro 2014 yilda, Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismi Kiyevdagi markaziy hukumat almashganidan so‘ng o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin boshlandi. Ukraina Rossiyani ushbu hududlarni bosib olganlikda ayblamoqda. Moskva doimiy ravishda ushbu da’voni rad etib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Donbass va Qrimda davom etayotgan tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagandi.
Shundan so‘ng Kreml AQSHning Ukrainani “Rossiya tajovuzidan” himoya qilish rejasiga javob qaytardi.
LiveBarchasi