Rossiya 9 may oldidan yutuqlarini ko‘z-ko‘z qilmoqchi – Britaniya razvedkasi

Olam

image

Rossiya armiyasi 9 may — G‘alaba kuni arafasida Ukrainadagi urushda erishgan muhim yutuqlarini namoyish etish niyatida, bu esa janglar jadalligiga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining bugun, 21 aprelda chop etilgan hisobotida aytiladi.  

“Rossiya har yili nishonlanadigan 9 may —G‘alaba kuni oldidan sezilarli yutuqlarni ko‘rsatishga tayyor. Bu ularning ushbu sana oldidan operatsiyalarni qanchalik tez va shijoatli o‘tkazishga urinishiga ta’sir qilishi mumkin”, deyilgan Britaniya razvedkasi xabarida. 

Ta’kidlanishicha, hozirda Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi maydonlardan Kramatorsk tomon oldinga siljimoqda. 

“Rossiya aviatsiyasining faolligi saqlanib qolmoqda, chunki Rossiya Federatsiyasi Ukraina sharqidagi hujumlarini havodan qo‘llab-quvvatlashga, Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini bostirishga va yo‘q qilishga intiladi”, deb ta’kidlagan Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH razvedkasi ham Putin 9 mayda Ukraina urushidagi g‘alabasini e’lon qilmoqchiligi haqida ma’lumot tarqatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing