Rossiya 56 nafar jinoyatchini O‘zbekistonga jo‘natdi
Olam
−
22 dekabr 2020
12997Rossiyadan O‘zbekistonga 56 nafar fuqaro jinoiy javobgarlikka tortish va jazoni ijro etish uchun maxsus reys bilan jo‘natildi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Kecha, 21 dekabr kuni Novosibirsk aeroportidan epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rib, 56 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.
RF Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni qotillik, talonchilik hujumi, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgan shaxslarni qaytarish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Ekstraditsiyasi so‘ralgan shaxslarni qaytarish uchun O‘zbekiston tomoni maxsus aviareys yuborgan. Rospotrebnadzordan O‘zbekistondan keladigan samolyotni qabul qilish uchun ruxsat olingan. Ekstraditsiya qilinganlar orasida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblanganlar ham bor.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik hamkasblarining Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar sudining bir guruh shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni noqonuniy sotishga uringani uchun chiqarilgan hukmni ijro etish uchun fuqaroni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirgan.