Rossiya 2023 yilning bahorida Ukrainaga katta hujum boshlashi mumkin – Stoltenberg 

Olam

image

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina va Rossiya urushi 2023 yilning bahoriga kelib, avj olishi mumkinligidan xavotir bildirdi. U bu haqda “Financial Times” gazetasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda aytib o‘tgan.

“Urushlardagi voqealar rivojini bashorat qilish qiyin... Endi biz Rossiya kelasi bahorda katta hujum boshlashi uchun qayta kuch to‘plash va o‘zini tiklash uchun harbiy harakatlarni qisqa muddatga to‘xtatib qo‘yishga urinayotganini ko‘ryapmiz”, deydi u.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga hujum qilishni kuchaytirgan taqdirda NATO mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida.

Bosh kotibning xulosa qilishicha, Rossiyaning g‘alabasi alyans uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Rossiya Ukraina ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, NATO nisbatan zaiflashishi mumkin.

Avvalroq AQSH Kongressi har ikki palataning qurolli xizmatlar bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan kelishilgan 2023 moliya yiliga (1 oktyabrdan boshlab) mudofaa byudjetida Yevropada Rossiyaga qarshi qaratilgan cheklov tashabbusi uchun 6 milliard dollar ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yens Stoltenberg

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing