AQSH Kongressi Rossiyani jilovlash tashabbusi uchun 6 milliard dollar ajratmoqchi

Olam

image

AQSH Kongressi har ikki palatasining qurolli xizmatlar bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan kelishilgan 2023 moliya yili uchun (1 oktyabrdan boshlab) mudofaa byudjetida Yevropada Rossiyaga qarshi qaratilgan cheklov tashabbusi uchun 6 milliard dollar ko‘zda tutilgan. Bu haqda kecha, 6 dekabr kuni qo‘mitalar tomonidan tarqatilgan mazkur hujjatga tushuntirish materiallarida aytilgan. 

“Qoidalarga asoslangan xalqaro tartib Pekin va Moskva tomonidan butun dunyo bo‘ylab odamlarning xavfsizligi, erkinligi va farovonligiga tahdid soladigan muammolarga duch kelganligi sababli, bu yilgi mudofaa byudjeti loyihasi Amerikaning global ittifoq va hamkorlik tarmog‘iga muhim sarmoya kiritishni, shu jumladan, Yevropada cheklov tashabbusini moliyalashtirish uchun 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ni nazarda tutadi”, deyiladi hujjatda. 

Qo‘mitalarning ta’kidlashicha, Oq uy yil boshida ushbu tashabbus uchun 3,9 milliard dollar so‘ragan va ular bu mablag‘ni 2,1 milliard dollarga oshirgan. Bundan tashqari, hujjatda qayd etilishicha, mudofaa byudjeti loyihasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish uchun 225 million dollar nazarda tutilgan, bu Oq uyning byudjet so‘rovidan 72 million dollarga ko‘pdir. Mudofaa byudjeti kelishilgan loyihasining umumiy miqdori 858 milliard dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Kongressda har ikki palata vakillaridan Vakillar palatasi va Senat tomonidan tayyorlangan mudofaa byudjeti loyihalari tafsilotlarini kelishish uchun komissiya tuzilgan edi. Endi kongressmenlar va senatorlar kelishilgan hujjat uchun ovoz berishi kerak. Yakuniy byudjet loyihasi imzolash uchun davlat rahbariga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing