Rossiya 2021 yilda qurol sotishdan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 avgust 2022
10855Rossiya 2021-yilda qurol yetkazib berish bo‘yicha “rejani to‘liq bajardi”. Eksport hajmi 14,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu haqda Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev “Armiya-2022” forumida ma’lum qildi.
“Yillik reja to‘liq bajarildi, xorijiy hamkorlarga 14,6 milliard AQSH dollari ekvivalentida qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berildi”, degan Shugayev.
Xizmat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Rossiya 14-15 milliard dollarlik yetkazib berish darajasini saqlab qolgan.
Rossiyaning Qurollanish, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik 2020 yilnomasiga ko‘ra, Rossiya Suriya, Iroq, Misr, Hindiston, Xitoy, Jazoir va Qozog‘istonga qurol eksport qiladi.
2017–2021 yillarda Rossiya jahon qurol-yarog‘ eksporti bo‘yicha 19 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin AQSH (39 foiz), uchinchi o‘rin Fransiya (11 foiz), to‘rtinchi o‘rin Xitoy (4,6 foiz), beshinchi o‘rin Germaniyaga (4,5 foiz) tegishli. Reytingdagi ikkinchi o‘ringa qaramay, Rossiya Federatsiyasidan yetkazib berish o‘tgan yillarga nisbatan 26 foizga kamaydi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15