Rossiya 200 dan ortiq amerikalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi “Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyatining rusofobik kursiga aloqador bo‘lgan” yana 227 nafar AQSH fuqarosini mamlakatga kiritmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

TIVning aniqlik kiritishicha, bu qaror Amerika rasmiylari tomonidan “Kremlni va maxsus harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlaganliklari” uchun Rossiya fuqarolariga nisbatan ommaviy ravishda joriy qilingan tobora kengayib borayotgan sanksiyalarga javob choralari doirasida qabul qilingan.

Moskvaning “qora ro‘yxati”ga tushgan AQSH fuqarolariga ham Rossiyaga kirish taqiqlangan. Aniqlik kiritilishicha, gap ijro hokimiyati, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralardagi aniq shaxslar haqida ketmoqda.

Ro‘yxatda AQSHning Rossiyadagi sobiq elchi Jon Sallivan ham bor edi. U 2020 yildan 2022 yilgacha ushbu lavozimda ishlagan. Shuningdek, AQSHning Yevropadagi armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari, Lockheed Martin kompaniyasi prezidenti va FQBning ikki maxsus agenti ham “qora ro‘yxat”ga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda AQSH Prezidenti Jo Bayden rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limi va Rossiya-Ukraina urushining ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar qo‘llanilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya sanktsiya qora ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing