Ronalduning yana bir jamoadoshida koronavirus aniqlandi
Sport
−
13 mart 2020
8199Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Paulo Dibala koronavirusni aniqlovchi test topshirdi. Test natijalariga ko‘ra, argentinalik futbolchi "Yuventus"ning koronavirus yuqtirib olgan ikkinchi futbolchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" jamoasi a’zosi Daniyele Rugani koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, Paulo Dibala "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 152 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 64 marotaba ishg‘ol qilgan.
CoVID-19 virusi dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalmoqda. Ayni vaqtda, 134 806 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 4984 nafar bemor ushbu kasallik tufayli vafot etgan. 70 395ta odam koronavirusdan forig‘ bo‘lgan.