Dibala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Sport

image
Londonning “Tottenxem” jamoasi “Roma” hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Football Insider” nashriga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, London klubi 32 yoshli argentinalik futbolchining Rim klubidagi kelajagi borasidagi noaniqlik sabab uning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. “Tottenxem” avval ham Dibalani “Yuventus” safida o‘ynagan paytida sotib olishga uringan, ammo imij huquqlari bilan bog‘liq muammolar tufayli transfer amalga oshmagan.

Xabarlarga ko‘ra, “Roma” rahbariyati hozircha futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan. Dibalaning o‘zi ham yaqinda “Latsio”ga qarshi o‘yin uning rimliklar safidagi so‘nggi uy derbisi bo‘lishi mumkinligini tan olgan.

“Tottenxem” bunday futbolchi jamoaga, ayniqsa kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda, hujumda yangi variantlar taqdim etishi mumkin deb hisoblamoqda. Dibala “o‘nlik” pozitsiyasida harakat qila oladi, o‘ng qanotdan hujum uyushtirib, yarim himoya bilan hujum chizig‘ini bog‘lash imkoniyatiga ega.

Biroq argentinalik futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar ehtimoliy transfer bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirmoqda. U joriy yil boshida tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va jarohatlarga moyilligining borligi Premer-liga klublari uchun asosiy xavf sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Paulo Dibala joriy mavsumda rimliklar safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Maqola muallifi

Teglar

Paulo Dibala “Roma” “Tottenxem”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing