Ronalduning qallig‘i Messi uchun izoh qoldirdi. Uni xiyonatda ayblashdi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning qallig‘i Jorjina Rodriges PSJ futbolchisi Lionel Messining “Facebook” postiga izoh qoldirdi va bu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi yaqinda o‘zining “Facebook” sahifasida terma jamoa mashg‘ulot libosida tushgan suratini joylashtirgan edi. Jorjina post ostidagi izohlarda ikkita oq yurak va bitta olov emoji qoldirdi.

Leo obunachilaridan biri 27 yoshli modelning bu harakatlari bilan Ronalduga xiyonat qilgani haqida yozdi. Rodriges esa unga hazilomuz tarzda javob qaytardi: 

“Yaxshi, faqat Krishtianuga aytmang”.

Jorjina Ronaldu bilan ilk bor 2016 yilda tanishgan va juftlikning Alana Martin ismli qiz farzandi bor. Bundan tashqari Krishtianuning yana uch nafar farzandi bor.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” yetakchisi Jorjina Rodriges bilan birga egizak farzand kutayotgani haqida xabar berilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Messi Ronaldu Jorjina Rodriges

Baholaganlar

3473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing