Jorjina Ronalduning uch nafar katta farzandini rasman farzandlikka oldi

Sport

image

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges oilasida to‘ydan so‘ng yana bir muhim voqea yuz berdi. Portugaliyalik futbol yulduzining rafiqasi futbolchining uch nafar katta farzandini rasman farzandlikka oldi. Bu haqda “Hola” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gap Krishtianu Junior hamda egizaklar Yeva va Mateo haqida ketmoqda. Bunga qadar Rodriges Ronalduning faqat ikki nafar farzandi – Alana Martina va Bella Esmeraldaning qonuniy onasi edi.

Endi Jorjina rasman futbolchining besh nafar farzandining onasiga aylandi. Biroq Ronaldu katta farzandlariga nisbatan ota-onalik huquqi va vasiylikni saqlab qolgan.

Krishtianu Junior hozir 16 yoshda, egizaklar Yeva va Mateo esa to‘qqiz yoshda. Ronaldu va Rodrigesning qizi Alana Martina sakkiz yoshda, eng kichigi Bella Esmeralda esa to‘rt yoshda.

Jorjina ko‘p yillar davomida Ronalduning barcha farzandlari tarbiyasida faol ishtirok etib kelgan. U oilaviy sayohatlarda ularga hamrohlik qilgan va futbolchining farzandlari bilan tushgan oilaviy suratlarda muntazam ravishda ko‘rinib turgan.

Qonuniy rasmiylashtirish ishlari juftlikning to‘yidan ko‘p o‘tmay amalga oshirilgan. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Rodriges joriy yilning 11 avgust kuni turmush qurgan edi. Ular uchun bu sana ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan. Qariyb o‘n yil avval aynan shu davrda ularning munosabatlari boshlangan.

Shu tariqa, qariyb o‘n yillik munosabatlardan so‘ng juftlik nafaqat rasman turmush qurdi, balki oilaviy munosabatlarini ham qonuniy jihatdan mustahkamladi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing