Ronaldu yana sovrinsiz mavsum o‘tkazdi. “Al-Ittihod” Saudiya Proligasi chempioniga aylandi

Sport

image

Jiddaning “Al-Ittihod” klubi Saudiya chempionati 2024/25 yilgi mavsum chempioniga aylandi.

Kecha, 15 may kuni Saudiya Arabistoni Proligasi 32-turida turnir jadvali peshqadami “Al Ittihod” Riyodda “Al-Rayed” mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Umar Gonsales mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Stiven Bergveyn hisobni tenglashtirdi. 40 daqiqada jiddaliklar futbolchisi Danilo Pereyra hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi taym boshida, ya’ni 47-daqiqada Abdulrahmon Alobud oradagi farqni 2 taga oshirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va shu tariqa, “Al-Ittihod” 77 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yetakchilikni, balki chempionlikni qo‘lga kiritdi. Eng yaqin ta’qibchisi “Al-Hilol”dan 9 ochko ilgarilab ketdi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Al-Nasr” esa 63 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Ittihod Saudiya chempionati Al-Raed

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing