Benzema “Al-Ittihod”dan ketmoqchi
Sport
−
21 may
2546“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli fransiyalik Saudiya Arabistoni chempionatida professionallik va infratuzilma yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘lgan. Biroq buni amalga oshirish qiyin bo‘ladi, chunki uning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Qolaversa, Benzemaning ketishi futbolchiga katta sarmoya kiritgan mahalliy rahbarlar tomonidan haqorat sifatida baholanishi mumkin.
Qayd etilishicha, eng yaxshi holatda fransiyalik futbolchiga Saudiyaning boshqa, yaxshi infratuzilmaga ega va turnir jadvalida yuqoriroq o‘rinni egallagan klubiga o‘tishga ruxsat berilishi mumkin. “Al-Ittihod” chempionatda 5-o‘rinda bormoqda, “Al-Hilol” esa muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Joriy mavsumda Benzema barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi