Benzema faoliyatini yakunlamoqchi

Sport

image

“Al-Ittihod” klubining 36 yoshli fransiyalik hujumchisi Karim Benzema ushbu mavsum yakunida faoliyatini yakunlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Karim hali yakuniy qarorga kelmagan, biroq bu haqda o‘ylab ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Saudiya klubi fransiyalik futbolchini shartnomasi tugaguncha, ya’ni 2026 yilga qadar o‘ynashini kutmoqda. 

Benzema faoliyatini yakunlagach, “Real” klubining elchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

36 yoshli Karim Benzema Saudiya klubiga 2023 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing