Karim Benzema Ispaniyaga qaytishi mumkin 

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Transfer News Live” nashri xabar berdi.

Saudiya Arabistoni klubi “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins bilan kelishuvga erishgan va 38 yoshli fransiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, “Betis” Karim Benzemani tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Sevilya klubi sobiq “Real Madrid” yulduzi “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan taqdirdagina u bilan muzokara boshlashi mumkin.

Aytishlaricha, Karim Benzema shartnomasi bo‘yicha to‘liq maoshini olmaguncha “Al-Hilol” bilan kelishuvni bekor qilishni istamoqda. “Oltin to‘p” sohibi bilan amaldagi shartnoma 2027 yil yozga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Trabzonspor” klubi ham Karim Benzemaning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing