Benzema qaysi jamoaga o‘tishni istagani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10:15 711 1 daqiqa
Fransiyaning “Lion” klubi rahbariyati shu yozda jamoa tarbiyalanuvchisi Karim Benzemani qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi ham “Lion”da yana bir mavsum o‘tkazish g‘oyasiga juda qiziqqan va hatto maosh olmasdan o‘ynashga tayyor bo‘lgan.
Biroq o‘sha vaqtda Benzema “Al-Hilol” bilan shartnomasini hali bekor qilmagan edi. Joriy yilning 31 avgust kuni tomonlar kelishuvni muddatidan oldin bekor qildi va fransuz futbolchisi erkin agentga aylandi.
Shu bilan birga, Benzema 2030 yilga qadar Saudiya Pro ligasining elchisi bo‘lib qoladi. “L’Équipe” ma’lumotlariga ko‘ra, uning imij shartnomasi Saudiyadan tashqaridagi chempionatda faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi (PIF) bilan bog‘liq bunday shartnomaga ega yulduzlarga boshqa mamlakat chempionatlarida o‘ynashga ruxsat berish masalasi juda murakkab.
Shu sababli Benzemaning futbolchilik faoliyatini yakunlashi ehtimoli tobora kuchaymoqda. Agar kutilmagan o‘zgarish bo‘lmasa, “Lion”ga qaytish rejasi amalga oshmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Benzema 2026 yil fevral oyida “Al-Hilol”ga o‘tgan va jamoa safida 16 ta uchrashuvda 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatma qayd etgan.