Karim Benzema faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Turkiyaning “Trabzonspor” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi hujumchisi Karim Benzemaning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunjuo‘g‘lu xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Trabzonspor” “Al-Hilol”dan 38 yoshli fransuz hujumchisining transferi bo‘yicha shartlarni so‘ragan. Shuningdek, Benzema Turkiya klubiga taklif qilingani va futbolchining o‘zi bilan ham muzokaralar boshlangani xabar qilinmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Ma’lumot uchun, Benzema 2026 yil yanvar oyidan buyon “Al-Hilol” safida faoliyat olib boradi. Karim Benzema 2022 yilgi “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. U “Real Madrid” bilan besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, Fransiya terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing