Onana avtohalokatdan keyin şifoxonaga yotqizildi

Sport

−

image

Turkiyaning “Trabzonspor” klubi kamerunlik darvozaboni Andre Onana avtohalokatdan keyin şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, hodisa joriy yilning 22 oktyabr kuni “Trabzonspor”ning Yevropa konferensiyalar ligasi doirasida Şotlandiyaning “Xarts” klubiga qarşi uy uçraşuvidan (2:0) keyin sodir bölgan.

Onana oilasi bilan uyiga qaytayotganida, boşqa avtomobil uning maşinasi orqa qismidan katta tezlikda kelib urilgan. Zarba oqibatida darvozabonning avtomobili oldidagi maşinaga ham borib urilgan.

Hodisa joyiga tez yordam xodimlari yetib borib, Onanani tekşiruv uçun şifoxonaga olib ketgan. Biroq u köp ötmay uyiga javob berilgan. “Trabzonspor” prezidenti Ertuğrul Doğonning aytişiça, futbolçi jiddiy jarohat olmagan.

Ma’lumot uçun, 30 yoşli darvozabon 2023 yilda “Inter”dan 50 million yevro evaziga “Mançester Yunayted”ga ötgan. Uning mankunianliklar bilan şartnomasi 2028 yil iyuniga qadar amal qiladi. Onana 2025 yil sentyabridan buyon “Trabzonspor”da ijara asosida töp surmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing