Li 9 va BYD o‘rtasidagi shov-shuvli avtohalokat bo‘yicha sud qarori e’lon qilindi
3-sahifa
−
18:50 3959 2 daqiqa
Qariyb 1 yil oldin, 2025 yilning 30 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Lixiang L9 BYD bilan to‘qnashib ketib, dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sud qarori e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek sudining avvalgi qarori Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida bekor qilinib, ish materiallari qo‘shimcha surishtiruvga yuborilgandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek sudining qarori bilan Li L9 transport vositasi haydovchisi F.J. (2000 yilda tug‘ilgan) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning:
- 128-3-moddasining 4-qismida (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi);
- 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi);
- 135-1-moddasining 1-qismida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga asosan unga uzil-kesil 6 mln 180 ming so‘m jarima jazosi belgilangan.
Huquqbuzar tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplangan. Bundan tashqari, manfaatdor tomonga mazkur YTH oqibatida yetkazilgan boshqa moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi hamda (taraflarga) sud qaroriga nisbatan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilgan.
Ma’lumot uchun, avvalgi sud qarori bilan BYD haydovchisiga 2 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llanilgan edi. Bundan tashqari, undan Li 9 haydovchisi foydasiga 798 mln so‘m moddiy zarar undirish belgilangandi. Li 9 haydovchisi esa sug‘urta polisini olib yurmagani uchun bor-yo‘g‘i 206 ming so‘m jarimaga tortilgan. Sudning ushbu qarori tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi va Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida sud qarori bekor qilinib, ish materiallari qo‘shimcha surishtiruvga yuborilgan edi.
Live
Barchasi