Benzema “Real” va “Al-Ittihod” o‘rtasidagi farqni aytdi
Sport
−
04 aprel
1756Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema hozirgi jamoasi va “Real” o‘rtasidagi farqlarni ma’lum qildi.
“Ispaniyada va undan tashqaridagi muhit butunlay boshqa-boshqa Bu yerda hamma narsa “Real Madrid”dan butunlay farq qiladi. Va shunga qaramay, bu yerda juda qiyin, chunki muxlislar doimo g‘alaba qozonishimizni talab qiladi”, deydi Benzema.
36 yoshli Karim Benzema Saudiya Arabistoni klubiga 2023 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi