Ronaldu o‘zbekistonlik futbolchining raqamini tortib oldimi? Masharipov izoh berdi

Sport

image

"Al-Nasr"ning o‘zbekistonlik futbolchisi Jaloliddin Masharipov Instagram'dagi jonli efirida Saudiya Arabistoni klubining yangi futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoada Masharipovga tegishli bo‘lgan 7-raqamda to‘p tepishiga izoh berdi. 

Malum bo‘lishicha, Masharipov o‘z raqamini Ronalduga berishni istamagani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. 

"Al-Nasr"da qolib, Ronaldudan ko‘p narsani o‘rganaman. U zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor", deydi Masharipov.

Qayd etilishicha, Jaloliddin Masharipov Ronaldu transferi e’lon qilinmasidan ancha avval, aniqrog‘i 13 dekabrda 7-raqamni bo‘shatib, o‘ziga 77-raqamni tanlagan. Buni klub Matbuot xizmati e’lon qilgan suratlar orqali ham bilish mumkin. Orada Masharipov raqamni aynan Ronaldu uchun bo‘shatganini ham tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 31 dekabr Ronalduning "Al-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha portugaliyalik futbolchi "Sporting", “Manchester Yunayted”, "Real" va Turinning "Yuventus" klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Masharipov

Baholaganlar

5

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing