Ronaldu Saudiyani tark etgani rad etildi

Sport

image

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu mish-mishlar fonida “Al Nasr” klubi futbolchining jamoa safida mashg‘ulotda tushgan suratlarini e’lon qildi. 

Suratda Ronaldu jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Kecha, 3 mart kuni uning Bombardier Global Express 6500 samolyoti Ar-Riyoddan favqulodda parvoz qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Samolyot Saudiya poytaxtidan Madridga uchgan. Samolyotda kimlar bo‘lgani aniqlanmagan. Parvoz Saudiya Arabistonidagi AQSH elchixonasiga dron hujumi amalga oshirilganidan bir necha soat keyin bo‘lgandi.

Qayd etish joiz, Yaqin Sharqdagi mojaro sport musobaqlari, jumladan, futbolga ham jiddiy ta’sir qilmoqda. Xususan, bungacha Italiyaning “Inter” jamoasi sobiq futbolchisi va Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini yakunlab, Eron armiyasiga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. 

Shuningdek, Qatar futbol assotsiatsiyasi AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda mintaqaga javoban uchirilgan raketalar ortidan mamlakatdagi barcha turnir va uchrashuvlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shu sabab Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissima bahsi ham so‘roq ostida qoldi.

Bundan tashqari, Erondagi xorijlikliklar, jumladan o‘zbekistonlik futbolsilar ham mamlakatni tark etishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Krishtianu Ronaldu “Al Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing