Ronaldu MYUni orqaga tortayotgani rostmi?

Sport

image

“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Trevor Sinkler “Manchester Yunayted”ning muvaffaqqiyatsiz natijalarida Krishtianu Ronalduni sabab qilib ko‘rsatdi.

“Men “Manchester Siti” Ronaldu bilan shartnoma imzolamagani uchun o‘qni chetlab o‘tdi, deb hisoblayman. U kelgach, “Manchester Yunayted”ning barcha futbolchilarida muammolar boshlandi: Sancho, Reshford va hokazo. Jamoa a’zosi o‘z joyini bilishi va ba’zan tilini tiya olishi kerak. Bu futbolchi bajarishi shart bo‘lgan ishdir”, deydi Sinkler.

Shuningdek, Sinkler Ronaldu jamoaning o‘yin uslubiga mos tushmayotganini aytib o‘tdi:

Экс-игрока сборной Англии задержали по подозреniю в вождеniи в нетрезвом  виде - Чемпионат Англии по футболу: Турniрная таблица, расписаniе и  результаты матчей, новости Premer-лиги - СПОРТ bigmir)net

“Menimcha, Krishtianu jamoa uchun juda ko‘p muammolarni yaratadi. Gap uning so‘nggi o‘yinlarda kam gol urayotganida emas. Sulsher ketgach, Kerrik keldi va bir o‘yindan so‘ng, Ronalduni zaxirada qoldirdi. Menimcha, bu qog‘ozda ajoyib ko‘rinadigan, ammo amalda unchalik yaxshi bo‘lmagan transferlardan biri”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Angliya Premer ligasining 21-turi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytganidan so‘ng, ilk marta MYUni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Man Siti Man Yunayted Sinkler

Baholaganlar

553

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing