Ronaldu qachon “butsalarini mixga iladi?” Doloresh Aveyru javob berdi 

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘li qachon faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.

“Men undan faoliyatini tugatganidan so‘ng murabbiy bo‘lishni xohlaysanmi, deb so‘radim. U hayotdan zavq olmoqchi ekanini aytdi. U qirq yoshga qadar futbol o‘ynaydi”, deydi Aveyru.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Globe Soccer Awards” tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari, deb topilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu “Transfermarkt” portali futbolchilarining yangilangan transfer narxlari reytingida 35 million yevroga baholangan va APL futbolchilari orasida 64-o‘rinni egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Ronaldu Doloresh Aveyru

Baholaganlar

587

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing