Ronaldu barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari deb topildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Globe Soccer Awards” yillik taqdirlash marosimida barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari, deb topildi.

Qayd etilishicha, Ronaldu hisobida shu kungacha terma jamoa va klublarda urilgan 802 ta gol bor. Biroq, rasmiy statistik manbalar, jumladan FIFA ma’lumotlariga ko‘ra 805 ta gol urgan avstriya-chexiyalik hujumchi Yozef Bitsan futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar hujumchi sanaladi. Ronaldu esa ikkinchi o‘rinda.

Shuningdek, Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi hujumchi sifatida esa Polsha terma jamoasi va “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski e’tirof etildi.

O‘z mamlakati terma jamoasini boshqarayotgan (Yevro-2020 g‘olibiga aylangan) italiyalik Roberto Manchini eng yaxshi murabbiy deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Kilian Mbappe PSJ Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards

Baholaganlar

425

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing